Kiyim do'koni uchun nimasi boshqacha
Oddiy kassa dasturlarida bo'lmaydigan, kiyim savdosidan kelib chiqqan imkoniyatlar.
Kassa
«Mijoz kabinada, navbat esa o'sib boryapti»
Mijoz kiyim o'lchab ko'rguncha kassa band turadi, orqadagilar kutib, ketib qoladi.
FashionPOS bilan
- Chekni bir tugma bilan kutishga qoldirasiz
- Keyingi mijozga darhol xizmat qilasiz
- Kutayotgan cheklar tepada tab bo'lib turadi va bir bosishda tiklanadi
Misol«2-kabinada kiyib ko'ryapti» deb chekni qoldirasiz, ikki mijozni urib bo'lasiz, u chiqqach chekni tiklaysiz.
Kassa
Joriy chek2-kabinaBoshqa o'lcham
Ko'ylak · M · qora249 000
Futbolka · S · oq × 2258 000
Jami507 000 so'm
Izoh: 2-kabinada kiyib ko'ryaptiKechiktirishRang va o'lcham
«Shuning M razmeri bormi?» deb omborga yugurish
Sotuvchi omborga ketadi yoki «yo'q» deb sotuvni yo'qotadi.
FashionPOS bilan
- Tovarni tanlaganda rang va o'lcham jadvali ochiladi
- Har katakda ombordagi soni yozilgan
- Har bir rang va o'lchamning o'z shtrix-kodi bor
MisolKassir ekranga qarab: «qora M yo'q, lekin ko'k M dan 3 ta bor» deydi.
Rang va o'lcham
Kurtka · rang / o'lchamSMLXLqora4021ko'k2350bej1203
Raqam: ombordagi qoldiq Internetsiz
«Internet uzildi, savdo to'xtadi»
Ko'p dasturlar internetsiz ishlamaydi, internet esa eng gavjum paytda ham uzilishi mumkin.
FashionPOS bilan
- Kassa internetsiz sotadi, smena ochadi va yopadi
- Internet qaytganda hammasi o'zi yuboriladi
- Bir nechta kassada ham chek raqamlari to'qnashmaydi
MisolShanba kuni ikki soat internet yo'q edi: kassa to'xtamadi, kechqurun hisobot to'liq chiqdi.
Internetsiz
Oflayn · 3 ta navbatdaK1-000231navbatda
K1-000230navbatda
K2-000118navbatda
K1-000229yuborildi
Internet qaytganda o'zi yuboriladi Smena va naqd
«Kun oxirida kassada pul yetishmaydi»
Naqd kam chiqadi, lekin qachon va kim tufayli yo'qolgani noaniq.
FashionPOS bilan
- Smena yopilganda kassada qancha naqd bo'lishi kerakligi hisoblanadi
- Kassir sanagan pulni kiritadi: kamomad yoki ortiqcha aniq chiqadi
- Har bir chiqim (inkassatsiya, xarajat) sababi bilan yoziladi
Misol«Smena 12.10: kutilgan 4 250 000, sanalgan 4 200 000, kamomad 50 000, kassir Dilnoza.»
Z-hisobot
Boshlang'ich naqd500 000
Naqd savdo4 050 000
Kassadan chiqim−300 000
Kassada bo'lishi kerak4 250 000
Sanalgan naqd4 200 000
Kamomad−50 000
Inventarizatsiya
«Tovar kamayib boryapti, sababi noma'lum»
Inventarizatsiya ikki kun davom etadi, do'kon yopiladi, natijaga esa ishonib bo'lmaydi.
FashionPOS bilan
- Bir nechta xodim o'z telefoni kamerasi bilan bitta hujjatga skanerlaydi
- Sanash paytida sotilgan tovar hisobni buzmaydi: do'konni yopish shart emas
- Kamomad va ortiqcha so'mda ko'rinadi
MisolBir kishi vitrinani, boshqasi omborni sanaydi: bir soatda tugaydi, «kamomad: 7 dona, 1 240 000 so'm».
Inventarizatsiya
Telefon 1 · vitrina124 dona
Telefon 2 · ombor310 dona
Sanaldi 434 / 528
Kamomad7 dona · 1 240 000
Ortiqcha2 dona · 260 000
Qaytarish va almashtirish
«Kiyim qaytarildi, nuqsonli tovar yana sotuvga tushdi»
Almashtirishda farqni hisoblash chalkash, nuqsonli tovar omborga qaytib, keyingi mijozga sotiladi.
FashionPOS bilan
- Almashtirishda farqni dastur o'zi hisoblaydi
- Nuqsonli tovar sotuvga qaytmaydi: hisobdan chiqariladi yoki ta'minotchiga qaytariladi
- Hisobdan chiqarishni Admin yoki Menejer tasdiqlaydi, qaytarish muddati nazoratda
MisolMijoz L ni M ga almashtiradi: farq 0, bitta hujjatda. Yirtilgan ko'ylak ta'minotchiga qaytadi va qarzimiz 180 000 ga kamayadi.
Almashtirish
Qaytariladi
Kurtka · L · bej699 000
Beriladi
Kurtka · M · bej699 000
FarqFarq yo'q
Ko'ylak · M · qoraNuqsonli
Ta'minotchiga qaytarishNasiya daftari
«Daftar yo'qoldi, kim qancha qarzligi esda yo'q»
Qog'ozdagi qarzlar unutiladi, ba'zi mijozlar hech qachon to'lamaydi.
FashionPOS bilan
- Har bir nasiya chek mijozga bog'lanadi va to'lash muddati qo'yiladi
- Muddati o'tganlar alohida ko'rinadi
- Mijozga qarz limiti qo'yasiz: limitdan oshsa kassa ogohlantiradi
Misol«Sardor K.: 3 ta chek, 1 450 000 so'm, 12 kun kechikdi, limit 2 000 000.»
Nasiya daftari
Sardor K.
1 450 000 / 2 000 00012 kun kechikdi
Dilnoza A.
1 900 000 / 2 000 000Limitga yaqin
Madina R.
600 000Muddatgacha 5 kun
Oylik va KPI
«Yaxshi sotuvchini qanday rag'batlantirish kerak?»
Hamma bir xil oylik oladi, yaxshi sotuvchi rag'bat ko'rmaydi, oylikni Excelda hisoblash esa vaqt oladi.
FashionPOS bilan
- Har bir xodimga oklad va sof savdodan KPI foizi beriladi
- Chekdagi sotuvchiga savdo o'zi yoziladi, qaytarishlar ayriladi
- Avans va balans dasturda yuritiladi
Misol«Madina: oklad 3 000 000 + KPI 3% × 42 000 000 = 4 260 000. Avans 1 000 000, to'lanishi kerak 3 260 000.»
Oylik va KPI
| Xodim | Sof savdo | KPI |
|---|
| Madina R. | 42 000 000 | 1 260 000 |
| Sardor K. | 31 500 000 | 945 000 |
| Dilnoza A. | 18 200 000 | 546 000 |
Madina R.: Jami oylik4 260 000
Jami oylik = oklad + KPI (3%)Telegram bot
«Do'kondan uzoqdaman, lekin nima bo'layotganini bilmoqchiman»
Egasi har kuni do'konga kelib, kassani tekshirishi kerak bo'ladi.
FashionPOS bilan
- Sotuv, qaytarish va smena haqida xabarlar
- Har kecha kunlik hisobot va Excel fayl
- Tugmalar: bugun, hafta, oy, kam qolgan tovarlar, nasiyalar
MisolEgasi uyda. Soat 21:00 da xabar keladi: «Bugun: 38 chek, 9 870 000 so'm, foyda 2 450 000».
Telegram · FashionPOS bot
Bugun, 28.10
Cheklar: 38
Savdo: 9 870 000 so'm
Foyda: 2 450 000 so'm
Qaytarish: Kurtka L, 699 000 so'm
Kassir: Dilnoza
BugunKechaHaftaOyKam qolganNasiyalar
Yangi kolleksiya
«Yangi kolleksiya keldi: 300 ta tovarni kiritish kerak»
Har bir rang va o'lchamni qo'lda kiritish va yorliq yopishtirish kunlar oladi.
FashionPOS bilan
- Ta'minotchining Excel faylini yuklaysiz va ustunlarni belgilaysiz
- Xatolar oldindan ko'rsatiladi, shtrix-kodlar o'zi yaratiladi
- Ustama foizi bo'yicha sotuv narxi hisoblanadi, etiketkalar darhol chop etiladi
Misol300 qatorlik fayl 10 daqiqada kiradi, etiketkalar printerdan chiqib keladi.
Excel'dan import
A: NameMahsulot nomi
B: SizeO'lcham
C: ЦенаTannarx (+60% ustama)
Tekshiruv o'tdi: 300 qator, 42 mahsulotFashionPOSKurtka · M · bej699 000
Xavfsizlik
«Xodim boshqa birovning nomidan ishlayapti»
Kassir admin hisobida ochiq qolgan kompyuterda chegirma beradi yoki chekni o'chiradi.
FashionPOS bilan
- To'rtta rol: Admin, Menejer, Kassir, Sotuvchi, har birining o'z huquqi
- Harakatsiz qolganda kassa o'zi qulflanadi
- Yangi telefon yoki kompyuter admin ruxsatisiz ishlamaydi
MisolAdmin chiqishni unutdi: 5 daqiqadan keyin kassa qulflandi, keyingi xodim faqat o'z huquqi bilan kirdi.
Xodimlar va qurilmalar
AdminHamma bo'limlar
MenejerMahsulot, kirim, hisobot
KassirSotuv, qaytarish
SotuvchiSotuv
Yangi qurilma ruxsat kutmoqdaRuxsat berishZaxira va yangilanish
«Kompyuter buzilsa, hamma ma'lumot yo'qoladi»
Yillik savdo, qarzlar va tovarlar bitta kompyuterda turadi.
FashionPOS bilan
- Har kuni va har smena yopilganda avtomatik zaxira nusxa
- Baza ham, mahsulot rasmlari ham saqlanadi
- Dastur o'zi yangilanadi, xato bo'lsa oldingi versiyaga qaytadi
MisolKompyuter almashtirildi: kechagi nusxadan tiklandi, savdo o'sha kuni davom etdi.
Zaxira nusxa
28.10 · 21:05 · smena yopildi48 MB
28.10 · 00:00 · kunlik47 MB
27.10 · 21:12 · smena yopildi47 MB
Oxirgi 30 kunlik nusxalar saqlanadiEkranlar dastur oynalarining soddalashtirilgan ko'rinishi. Ismlar va raqamlar namunaviy.
Qanday boshlanadi
Tanishuv
Do'koningiz haqida gaplashamiz va dasturni ko'rsatamiz.
Tovarlarni yuklash
Mahsulotlarni Excel'dan yuklaymiz, printer va skanerni ulaymiz.
O'rgatish
Kassir va menejerlarni o'rgatamiz, birinchi kunlarda yoningizda bo'lamiz.
Demo so'rang
Bu imkoniyatlarni o'z do'koningiz misolida ko'rsatamiz.
Tez oradaApp Store